Madridning «Real» klubi tomonidan Kriştianu Ronalduning diskvalifikatsiyasi böyiça bergan apellyatsiyasi qisman qanoatlantirilişi mumkin. Bu haqda Marca xabar tarqatdi.
Çorşanba kuni Ispaniya Qirollik futbol federatsiyasi poytaxtliklar klubi apellyatsiyasini körib çiqadi. Manba ma'lumotiga köra, qizil kartoçka uçun bir öyinlik diskvalifikatsiya bekor qilinişi mumkin, şu bilan birga hakamni turtgani uçun qöllangan 4 öyinlik diskvalifikatsiya öz kuçida qoladi.
Yakşanba oqşomida «Real» Ispaniya Superkubogi uçun «Barselona»ga qarşi öyin oxirida qizil kartoçka olgandi. U hakamning qaroriga qöşilmasdan hakamni turtgandi.












