Xalq ta'limi muassasalari faoliyatini metodik ta'minlaş va taşkil etiş tuman bölimi mudiriga notaniş raqamdan qönğiroq böldi, kimligini aytmagan odam quyuq söraşdi va özini taniştirgan böldi, deb yozadi “Huquq” gazetasi.

-  Men yuqori idorada işlayman, hududingizga tegişli çekka qişloqda yaşovçi Sanjar Pardayev (ism-familiyalar özgartirilgan) bizning vakil böladi. Çekka hududlardagi ahvoldan xabardor böliş uçun şu joydagi maktabga joylab qöying!

Mudir hayron böldi. Keyin öşa maktab direktoriga qönğiroq qilib, böş iş örni bor-yöqligini suriştirdi. Dars soatlar bor ekan. Ikki kun ötib uning qabuliga Sanjar Pardayevning özi kirib keldi.

-  Men öşa aytilgan odamman.

Mudir hujjatlarini tekşirib kördi. “Hammasi joyida ekan, maktabda iş bor, direktorga uçraşing”, dedi.

Sanjar Pardayev sirli jilmaygança maktabga işga joylaşdi. Topqirligidan quvondi. Firibgarlik yöli bilan buni amalga oşirdi. Kelajak egalari bölgan bolakaylar undan dars ola boşladi.

Köp ötmay firibgar yigitning köngli birovlardan pul undirişni tusab qoldi.

Qöşni qişloq mahalla fuqarolar yiğini kotibi Gulsanam Islomovaning telefon raqamini qölga kiritgaç, işga kirişdi, ya'ni qönğiroq qildi:

-  Men öşa yuqoridanman. Mahallangizda işlaydigan xodimlarning hujjatlaridan nusxa tayyorlang, keyin ularni poytaxtga yuboramiz, “poçta” xarajatini ham bering, odam yuboraman, - dedi.

Köngli nimanidir sezgan mahalla kotibi bu haqda mahalla raisini ogohlantirdi. Rais esa huquqni muhofaza qiluvçi organlarga xabar berdi.

Oradan uç kun ötib, boşqa raqamdan qönğiroq böldi:

-  Opa, hujjatlar tayyormi, tayyor bölsa, falon maktabda bizning vakilimiz bor, öşanga yetkazing.

Mahalla kotibi ikki guvoh bilan aytilgan maktabga bordi. Sanjar uni alohida sinf xonaga boşlab kirdi. Hujjatlarni körgan kişi böldi. Pulni olib çöntagiga tiqdi. Şu payt kirib kelgan tezkor xodimlar uni jinoyat ustida qölga olişdi.

Sud Sanjar Pardayevni aybdor deb topdi va unga nisbatan eng kam iş haqining 70 barobari miqdorida jarima jazosi tayinladi.