Özbekiston milliy terma jamoasi JÇ–2018 saralaş bosqiçi doirasidagi sönggi ikki öyin –Xitoy va Janubiy Koreyaga qarşi uçraşuvlarga tayyorgarlik köriş maqsadida 20 avgust kunidan boşlab Toşkentda yiğin ötkazadi. Yiğin doirasida terma jamoa 25 avgust kuni Qirğizistonga qarşi örtoqlik öyinida maydonga tuşadi. Boş murabbiy Samvel Babayan bölajak uç öyin uçun 27 futbolçini jalb qildi. Bu haqda Özbekiston futbol federatsiyasi matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Darvozabonlar: Aleksandr Lobanov (“Paxtakor”), Ignatiy Nesterov (“Lokomotiv” Toşkent), Nikita Ribkin (“Qöqon-1912”);

Himoyaçilar: Farrux Sayfiyev (“Nasaf”), Vladimir Kozak (“Paxtakor”), Vitaliy Denisov (“Lokomotiv” Moskva, Rossiya), Anzur Ismoilov (“Çançun Yatay”, Xitoy), Şerzod A'zamov (“Paxtakor”), Yegor Krimets (“Beyjing Goan”, Xitoy), Akmal Şorahmedov (“Nasaf”), Islom Töxtaxöjayev (“Lokomotiv” Toşkent), Davron Hoşimov (“Paxtakor”);

Yarim himoyaçilar: Server Jyeparov (“Istiqlol” Tehron, Eron), Jaloliddin Maşaripov (“Lokomotiv” Toşkent), Sardor Mirzayev (“Lokomotiv” Toşkent), Eldor Şomurodov (“Rostov”, Rossiya), Aziz Ğaniyev (“Nasaf”), Odil Ahmedov (“Şanxay SIPG”, Xitoy), Fozil Musayev (“Jubilo Ivata”, Yaponiya), Aziz Haydarov (“Ajman”, BAA), Otabek Şukurov (“Bunyodkor”), Jamşid Iskanderov (“Paxtakor”), Sardor Raşidov (“Al-Jazira”, BAA), Marat Bikmayev (“Lokomotiv” Toşkent).

Hujumçilar: Temurxöja Abduxoliqov (“As-Sayliya”, Qatar), Igor Sergeyev (“Paxtakor”), Aleksandr Geynrix (“Ordabasi”, Qozoğiston).

Özbekiston milliy terma jamoasi 31 avgust kuni safarda Xitoyga qarşi bahs olib borsa, 5 sentabr kuni Toşkentda Janubiy Koreya termasiga röbaro‘ keladi. 

Uşbu ikki öyinda milliy terma jamoa ğalaba qozonsa Rossiyada bölib ötadigan JÇ-2018 yöllanmasini qölga kiritadi.