16 avgustda Afrikadan Ispaniyaga dengiz orqali yetib olmoqçi bölgan 340 ga yaqin odam qutqarib olindi. Bu haqda Dengizda qutqariş xizmati ma'lum qildi.

“Bugun qutqarib olinganlarning umumiy soni 339 kişini taşkil qildi. Ularning barçasi Tarifaga yetkazilgan”, deb aytilgan xizmat xabarida. Qutqaruvçilarning ma'lumotlariga köra, muhojirlar Ispaniya sohillariga 4 ta kemada kelişgan. 

2017 yil boşidan Ispaniyaga kelgan noqonuniy muhojirlar soni ötgan yilning şu davriga nisbatan 2 marta köpaygan. Yanvardan iyungaça mamlakatga 10751 muhojir kelgan. Iyun oyining özida 2189 kişi Gibraltar böğozini damlangan qayiqlarda kesib ötmoqçi bölgan, 3209 kişi esa Ispaniya çegarasini Seuta va Melilada (Ispaniyaning Afrika şimolidagi anklavlari) kesib ötgan. Bir neça hafta oldin Ispaniya sohillariga yetib borişga urinişda Alboran dengizida 49 kişi halok bölgandi.