Makka şahrida Muqaddas Ka'baning yopinçiği – Kisvaning körgazmasi oçildi. Bu haqda Özbekiston musulmonlar idorasining Xalqaro aloqalar bölimi xabar bermoqda. Körgazmaga taşrif buyuruvçilar Ka'ba yopinçiği uzoq asrlar davomida qanday bölgani va hozirgi kunga kelib qay holatdaligini körişlari mumkin. Şuningdek, körgazmada Kisvani tayyorlaşda işlatiladigan uskunalar, mato va ipak mahsulotlari ham namoyiş etilmoqda.
Kisvani tayyorlaş xiyla maşaqqatli iş bölib, bunday şarafli iş ustida 240 nafar hunarmand va texnik mutaxassis uç oy mehnat qiladi. Kisvaga hajga aloqador oyatlar yoziladi. Ka'ba yopinçiğini tayyorlaş uçun Saudiya Arabistoni hukumati 1927 yilda alohida ustaxona taşkil qilgan va hozirgi kunga kelib kisva tayyorlaşga 17 million saudiya riyali (4,5 million dollar) sarflanadi.
Kisvaning oltin iplar bilan naqşlar solib tikiladigan matosining öziga 450 kg ipak sarflanadi. Har yili ikkita kisva tayyorlanadi. Biri Ka'baning ustiga yopilsa, ikkinçisi, har ehtimolga qarşi saqlab qöyiladi.
Ka'baga yangi yopinçiq yopiş paytida hojilar Arafot toğida haj amallarini bajarayotgan bölişadi. Bu işni bir qança mahalliy xodimlar maxsus kötarma uskunalar yordamida amalga oşirişadi.











