Ispaniya qirolligi futbol federatsiyasi (RFEF) «Real»ning Kriştianu Ronaldu diskvalifikatsiyasi böyiça bergan apellyatsiyasini körib çiqdi.

Şikoyatni örganib çiqqan komissiya «Real» da'vosini örinsiz deb topdi va futbolçining diskvalifikatsiyasini öz kuçida qoldirdi.

Bundan avvalroq uşbu apellyatsiya qisman qondirilib, diskvalifikatsiya muddati qisqartirilişi mumkinligi haqida xabar berilgandi.

Eslatib ötamiz, Ronaldu Ispaniya Superkubogi uçun «Barselona»ga qarşi keçgan bahsning 82-daqiqasida boş hakam Rikardo Bengoeçea tomonidan maydondan çetlatilgaç, uni qöli bilan turtib yuborgan edi.

RFEF Ronalduning bu harakatlarini agressiv deb baholab, uni qizil karta uçun 1 öyinga, hakamni turtgani uçun 4 öyinga diskvalifikatsiya qildi.

Endi Ronaldu «Barselona»ga qarşi 16 avgust oqşomida bölib ötadigan Superkubok javob öyinini, şuningdek Ispaniya çempionati startidagi «Deportivo», «Valensiya», «Levante» va «Real Sosedad»ga qarşi öyinlarni ötkazib yuboradi.