Barselona yaqinida yana bir terakt amalga oshirildi
Kataloniya politsiyasi 18 avgustga o‘tar kechasi Barselonadan janubda joylashgan Kambrils shahrida piyodalarni mashinada bosishni amalga oshirgan 4 nafar jangarini yo‘q qildi. Ular Barselonada amalga oshirilgan teraktga o‘xshash hujum sodir etmoqchi bo‘lganlar.
El Pais nashri tergovchilarga iqtibos keltirgan holda terrorchilar Kambrils ko‘chalari bo‘ylab Audi mashinasida harakatlanib, yo‘lda uchragan piyodalarni bosishga harakat qilganlarini, biroq ular politsiya tomondan o‘qqa tutilganlarini ma'lum qilgan. Jangarilar o‘lishlaridan oldin 7 kishiga, jumladan bir politsiyachiga jarohat yetkazishga ulgurganlar. Jarohatlanganlardan 2 nafarining ahvoli og‘ir. Nashr shuningdek guvohlarga asoslanib, jangarilarda xudkush kamarlari bo‘lganini ma'lum qilgan. Biroq bu ma'lumot tasdiqlanmagan.
Ta'kidlanishicha, politsiya otishma vaqtida yana bir jangarini yaralagan, u hibsga olingan.
Hukumat aholidan operatsiya yakunlanmaguncha uylarini tark etmaslikni so‘ragan.
Bu terakt Kataloniyada bir kun ichida amalga oshirilgan ikkinchi hujum bo‘ldi. 17 avgust kechki payt oq rangdagi mikroavtobusda bo‘lgan haydovchi Barselonaning markaziy ko‘chalari bilan harakatlanib, Rambla ko‘chasining piyodalar yuradigan qismiga burilib, u yerda odamlarni mashinada bosa boshlagan. Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, hujum oqibatida 13 kishi halok bo‘lgan, 100 dan ko‘proq odam jabr ko‘rgan. Politsiya teraktda gumon qilingan ikki kishini qo‘lga olgan.
Ispaniyada bo‘lib o‘tgan voqealar munosabati bilan 3 kunlik motam e'lon qilindi.
Mavzuga oid
13:34 / 11.11.2024
«Barsa» o‘yinida mojaroli qaror, Shomurodov yana murabbiysiz qoldi. Kun o‘yinlari
12:28 / 07.11.2024
«Villa» o‘yinida ahmoqona penalti, «Barsa» istagancha gol urmoqda. Kun o‘yinlari
12:26 / 04.11.2024
«Barsa»ni to‘xtatib bo‘lmayapti, «MYu» o‘ziga kelmoqda. Kun o‘yinlari
12:52 / 27.10.2024