Mavrikiy orolidan Amsterdamga parvoz qilayotgan samolyotning ayol yölovçisi ekipajning unga tibbiy yordam körsatişga urinişlariga qaramasdan, qand kasalligi xuruji sababli samolyotning özida jon berdi. Bu haqda Dogan axborot agentligi xabar bermoqda. 

Axborot agentligi ma'lumotlariga köra, Turkish Airlines aviakompaniyasiga tegişli samolyot 16 avgust keçki vaqt Mavrikiy poytaxti Port-Luidan Istanbulda qöniş bilan Amsterdamga uçib ketgan. Kelib çiqişi niderlandiyalik bölgan 68 yoşli yölovçi samolyot havoga kötarilgandan köp ötmay qand kasalligi xuruji sababli koma holatiga tuşib qolgan. Samolyot ekipajining yölovçiga yordam körsatişga harakatlari behuda ketgan va u huşiga kelmay, samolyotda vafot etgan.

Samolyot 17 avgustda Istanbulga qöngaç, ayol jasadi mahalliy ölikxonaga yetkazilgan, samolyot esa Amsterdamga parvozini davom ettirgan.