Mablağ Operational Energy – Innovation dasturi doirasida ajratilgan. U loyihani töliq ölçamli samolyotning parvoz sinovlariga yaqinlaştiriş va harbiy logistikadagi imkoniyatlarini namoyiş etişga yönaltiriladi.
KONA bir-biridan uzoqda joylaşgan harbiy obyektlar örtasida taʼminot yuklarini yetkaziş vositasi sifatida körib çiqilmoqda. Jumladan, samolyotdan yonilği taʼminoti çeklangan şaroitlarda foydalaniş imkoniyati baholanadi.
Apparatning asosiy xususiyati - fyuzelyaj va qanotning yagona aerodinamik tuzilişga birlaştirilganidir. Anʼanaviy samolyotlarda esa quvursimon fyuzelyajga alohida qanotlar biriktiriladi.
Natilus’ning taʼkidlaşiça, integratsiyalaşgan konstruksiya yonilği sarfini kamaytirişga yordam beradi. Biroq 30 foizlik tejamkorlik hozirça kompaniya bildirgan körsatkiç bölib, töliq ölçamli apparatning kelgusi sinovlari uning amaliy imkoniyatlarini baholaş uçun muhim böladi.
KONA’ning parvoz masofasi taxminan 1480 kilometr, yuk kötariş qobiliyati esa 3,8 tonna bölişi közda tutilgan. Şu sababli u, avvalo, mintaqaviy yuk taşiş vazifalariga möljallangan.
Samolyot yengil köp maqsadli Cessna C-208 va yirikroq C-130 taktik transport samolyotlari örtasidagi toifani egallaşi kutilmoqda.
Loyihada qisqa uçiş-qöniş yölaklaridan foydalaniş imkoniyati ham nazarda tutilgan. Bu KONA’ni köproq aerodrom va maydonçalarda işlatişga şaroit yaratişi mumkin.
Şuningdek, mavjud yuk infratuzilmasiga moslik samolyotni amaldagi logistika tarmoqlariga qöşişni osonlaştirişi kerak. Bunday imkoniyatlar AQŞ harbiylariga olis obyektlarni taʼminlaşda yirik transport samolyotlariga bölgan qaramlikni kamaytirişga yordam berişi mumkin.
Ajratilgan mablağ samolyotni xarid qilişga emas, uni yanada rivojlantiriş va imkoniyatlarini sinovdan ötkazişga qaratilgan.

















