2017 yil 11 avgustda Vazirlar Mahkamasining “Ta'lim muassasalarida çet tillarini öqitişning sifatini yanada takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi 610-son qarori qabul qilindi. Bu haqda Norma.uz xabar bermoqda.
Qaror bilan tegişli davlat organlariga quyidagilar topşirildi:
- 2017-2018 öquv yilidan boşlab ta'lim tizimining barça bosqiçlarida çet tilini özlaştiriş darajasini davlat ta'lim standartlarida belgilangan “Tinglab tuşuniş” (Listening), “Öqiş” (Reading), “Yoziş” (Writing), “Gapiriş” (Speaking) könikmalari asosida baholab boriş mexanizmini işlab çiqiş va amaliyotga joriy etiş;
- 2018 yil 1 yanvardan boşlab çet tilini biliş darajasi töğrisidagi davlat namunasidagi malaka sertifikatiga (keyingi örinlarda – malaka sertifikati) ega bölgan öquvçi, talaba va pedagoglarga yetakçi xorijiy ta'lim muassasalarida til örganiş amaliyotini taşkil etiş;
- 2018 yil 1 sentabrga qadar çet tillarini öqitiş böyiça ta'lim tizimining barça bosqiçlarida öquv dasturlarini işlab çiqiş va amaliyotga joriy etiş.
- 2017 yil 1 oktabrdan boşlab quyidagilarni ta'minlaş:
OTMlarining çet tili kafedralari bazasida professor-öqituvçilar uçun darsdan taşqari vaqtda mutaxassislik fanlarini çet tilida öqitiş böyiça kurslarni taşkil etiş;
til örganişni xohlovçi talabalar uçun OTMlarida muloqot darajasida til örgatiş böyiça intensiv kurslar faoliyatini yölga qöyiş, mutaxassisliklar böyiça atamalar luğatlarini yaratiş, çet tillarda turli körik-tanlovlar ötkaziş, çet ellik yetakçi mutaxassislarni öquv jarayoniga jalb etiş, mutaxassislik fanlari böyiça çet tillarida ma'ruzalar taşkil etiş;
mutaxassislik fanlaridan çet tilida dars beradigan, B2 va undan yuqori darajadagi malaka sertifikatga ega bölgan ta'lim muassasalari pedagoglarining iş haqlariga 100 foizgaça ustamalar belgilaş tartibini işlab çiqiş va amaliyotga joriy etiş;
B1 va undan yuqori sertifikat bilan bakalavriatga öqişga kirişda çet tilidan ozod qilinadi
01:37 / 19.08.201728 9923 min












