AQŞning Şarlotsvill şahridagi tartibsizliklar vaqtida halok bölgan 32 yoşli Xezer Xeyyerning onasi Syuzan Bro AQŞ prezidenti Donald Tramp bilan suhbatlaşişdan boş tortdi. Ayolning rad javobiga Trampning tartibsizliklarda ikkala tomon aybdorligi haqidagi sözlari sabab bölgan.

“Men u bilan gaplaşmadim va gaplaşmayman ham”, deb aytgan ayol AVS telekanaliga bergan intervyusida. 

Uning ta'kidlaşiça, Oq uy vakillari u bilan bir neça marotaba boğlanişga urinişgan. 

13 avgustda Şarlotsvilldagi tartibsizliklar vaqtida Jyeyms Aleks Filds degan yigit Chevrolet Camaro maşinasida millatçilarga qarşi çiqayotganlar guruhiga borib urilgan. Buning oqibatida Xezer Xeyyer halok bölgandi, yana 19 kişi jarohat olgandi.