Şarlotsvillda Fuqarolik uruşi vaqtida janubliklar (qullikning bekor qilinişiga qarşi çiqqanlar) armiyasiga qömondonlik qilgan general Robert Li haykalini olib taşlaş taklifidan keyin millatçilar va ularga qarşi çiquvçilar örtasida boşlangan qarama-qarşiliklar davom etmoqda.

Endilikda konfederatsiyaning (qullikni qöllab-quvvatlaganlar) barça arboblaridan voz keçiş böyiça takliflar bildirilmoqda. Xususan, Amerika asosçilari Jorj Vaşington va Tomas Jyeffersondan ham.

OAVda Jorj Vaşington (Amerikaning birinçi prezidenti, 1789-1797), Tomas Jyefferson (1801-1809), Teodor Ruzvelt (1901-1909) va Avraam Linkoln (1861-1865) şarafiga Kistoun şahri yaqinidagi Raşmor toğlarida toşdan öyib işlangan haykallarni yöq qiliş böyiça takliflar bildirilmoqda. Bu monument AQŞ taşkil topganiga 150 yil tölişi munosabati bilan işlangan. Bu prezidentlar AQŞ tarixidagi eng muhim şaxslar hisoblanişadi. 

CNN telekanali efirida qora tanli jurnalist Amerika asosçilari bölgan prezidentlar öz bobolarini odam sifatida körmagani, ularning haykallarini yöq qiliş kerakligini aytadi.

VICE naşrida «Raşmorni portlataylik» sarlavhasi bilan maqola naşr qilindi.

«Ha, Vaşington va Jyeffersonda qullar bölgan», deyiladi maqolada.

Qayd etiş kerakki, Raşmor toğidagi haykallardan biri Avraam Linkoln quldorlikka qarşi kuraşgan ilk prezident hisoblanadi, unda qullar bölmagan. Ammo u boşlagan şimol va janub örtasidagi Fuqarolik uruşi mamlakat tarixidagi eng halokatlisi bölgan.

1861 yil 12 aprelda boşlangan fuqarolar uruşi mamlakatda misli körilmagan qurbonlar sonining ortib borişi, iqtisodiy tuşkunlik, irqçilik va millatçilik körinişidagi ziddiyatlarni tugatiş bilan yakunlandi. Uillyam Foks va Tomas Leonard Livermor ötkazgan tadqiqotlardan ayon böladiki, mazkur uruşda qariyb 620,000 kişi vafot etgan. 1889 yilda aniqlangan bu raqamlar hozirgi paytgaça fuqarolar uruşida halok bölgan eng katta raqam sifatida e'tirof etiladi.

Şimol va janub ştatlarining töqnaşuviga, asosan, yangi taşkil etilayotgan hududlarda quldorlik tizimini bekor qiliş masalasi sabab bölgan, deya keltiriladi. Aslida şimoliy hududlarda qora tanlilarning huquqlari qisman tiklangan bölib, janubda quldorlik hamon barqaror edi. Paxta plantatsiyalari, yirik ferma xöjaligida xizmat qiluvçi qora tanli arzon işçi kuçi quldorlik tizimini yöqolib ketmasligining asosiy omili bölgan. Şundan keyin, ştatlar erkinlik va fuqarolik jamiyati uçun qöliga qurol oldi. Fuqarolar uruşining yakunida, 1865 yilning 9 aprel kunida janub armiyasi qömondonlarining sönggisi, general Robert Li jang maydonida yengildi. Şuning bilan Amerika konfederativ ştatlari öz umrini yaşab ötdi.