Amerikadagi naşrlar prezident Donald Trampni u Şarlotsvilldagi voqealarga beparvo munosabatda bölgani uçun keskin tanqid qilmoqda. The New Yorker, The Economist va Der Spiegel naşrlari prezidentni oq qalpoqda tasvirladi — bu qalpoq ultraöng taşkilot ku-kluks-klan (KKK) ramzi hisoblanadi. Tramp tanqidga uçraşiga u kelib çiqqan tartibsizliklarda nafaqat önglarni, balki söl radikallarni ayblagani sabab böldi.

Eslatib ötamiz, ötgan oyda 1861-64 yillardagi fuqarolik uruşi davrida janubliklar qömondoni bölgan Robert Lining Şarlotsvilldagi haykaliga qizil böyoqlar bilan «Qoralar masalasi muhim» yozuvi bitildi. Keyinçalik maktab öquvçisi haykalni Şarlotsvilldan olib taşlaş töğrisidagi petitsiya boşladi va ziddiyat kölami kengaydi.
Oq tanli irqçilar guruhi, neo-faşist, neo-konfederatsiyaçi va öng qöl tarafdorlari 12-13 avgust kunlarida AQŞ fuqarolar uruşi davridan meros bölib qolgan madaniy yodgorliklarga, xususan, Robert Lining haykaliga tegmaslikni sörab çiqişdi.
Bu harakatga qarşi çiqqan namoyişçilar ustiga esa neo-faşist Aleks Filds maşina haydaşi oqibatida bir kişi halok böldi, 19 kişi yaralandi. Keyinroq yigit qölga olinib, unga nisbatan ayblov ilgari surildi.
Namoyişlar hamon davom etmoqda.
Donald Trampning voqeaga bildirgan betaraf munosabati irqçilarni ruhlantirib yubordi.
«Barçamiz birdam bölişimiz va nafrat ortida turgan barça narsani qoralaşimiz lozim. Amerikada bunday zöravonlikka joy yöq», deya fikr bildirgandi mamlakat rahbari.
«Barça narsani qoralaşimiz lozim» sözlari ostidan panoh topgan Ku-Kluks-klan a'zolari, oq tanli irqçilar jamoasi ötgan kuz saylovda adaşmaganidan xursand bölmoqda. Öz nomi bilan atalmagan jinoyatni oqlaşga uriniş prezident Donald Trampning Oq uydagi obrösiga ta'sir qilib, afroamerikan AQŞ fuqarolari oldida «hurmatsiz» kişiga aylantirib qöyişi mumkin edi.
Şarlotsvill şahri meri Mayk Signer AQŞda irqçilik tipidagi uyuşmalarning faolligi ösişi yuzasidan mas'uliyatni prezident Donald Tramp zimmasiga yukladi.
«U qanday saylovoldi kampaniyasini ötkazganiga qarang, oqtanli irq ustunligi tarafdorlari, oqtanli millatçi guruhlar, antisemit (yahudiylarga qarşi) guruhlar tomonidan aniq bir maqsadga qaratilgan tilyoğlamalikka e'tibor qarating», — deya ta'kidladi u.
















