Italiya A seriyasining 1-turidan örin olgan ikkinçi uçraşuvda mavsum favoritlaridan biri sifatida qaralayotgan «Napoli» Veronada mahalliy jamoaga qarşi maydonga tuşdi.

Birinçi bölimdan söng neapolliklar 2:0, ikkinçi bölimda esa 3:0 hisobida ham oldinga çiqib olişgandi. Öyinning sönggi daqiqasida Jampaolo Patstsini penaltidan kiritgan gol mezbonlarni yirik hisobdagi mağlubiyatdan qutqarib qoldi, xolos.

Italiya A seriyasi, 1-tur

Verona – Napoli 1:3 (0:2)
Gollar: Patstsini (83, penalti) – Suprean (32, avtogol), Milik (39), Ğulom (62).
Verona: Nikolas, Erto (Valoti, 86), Kaseres, Ferrari, Suprean, Romulo, Byuxel, Dzakkani (Fares, 64), Bessa, Verde, Çerçi (Patstsini, 72).
Napoli: Reyna, Ğulom, Kulibali, Xyusay, Kirikeş, Gamşik (Allan, 66), Diavara, Kalexon (Djakkerini, 73), Zelinski, Insine, Milik (Mertens, 61).
Ogohlantirişlar: Hyusay (51), Erto (74), Romulo (90), Djakkerini (90).
Çetlatiş: Hyusay (82, Napoli).