Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdöğan uni Germaniyadagi saylovoldi kampaniyasiga “qöpol aralaşuvda” ayblagan Germaniya taşqi işlar vaziri Zigmar Gabrielga keskin javob qaytardi.
“U heç qanday çegarani bilmaydi! Sen özi kimsan Turkiya prezidenti bilan gaplaşadigan?!”, deb yuzlangan Erdöğan. Uning bu nutqi Turkiya televideniyesi orqali namoyiş qilingan.
Erdöğan Gabrielga “joyini bilişni” maslahat qilgan. “Sen siyosatda qaçondan berisan? Yoşing neçida özi?”, deb ğazablanişda davom etgan Erdöğan.
Erdöğan 18 avgustda Germaniyadagi siyosiy partiyalar Anqaraga nisbatan duşmanona kayfiyatda ekanligini aytgan va Germaniyada yaşovçi barça turklarni Bundestagga böladigan saylovlarga ta'sir qilişga çaqirgan. U 24 sentabrda ötadigan saylovlarda “özini notöğri tutadigan va “islomga qarşi kayfiyatda bölgan” partiyalarni qöllab-quvvatlamaslikka çaqirgan. U, jumladan, turklarni mamlakatning amaldagi kansleri, XDI/XII (Xristian demokratik ittifoq/Xristian ijtimoiy ittifoq) partiyalar alyansi rahbari Angela Merkel va IDP (Ijtimoiy-demokratik partiya) yetakçisi Martin Şultsga ovoz bermaslikka çaqirgan.












