Samsunğning yangi flagman qurilmasi Galaxy Note 8 smartfoni haqida bir neçta ma'lumotlar paydo böldi. Birinçidan, qurilma haqidagi ma'lumot Samsung rasmiy saytida ma'lum vaqt turgaç, olib taşlangan. Ikkinçidan, taniqli insayder smartfonga 23 avgustda taqdim qilinganining ertasi kuniyoq buyurtma beriş va sovğa oliş mumkinligi haqidagi gaplarni tasdiqlagan.   

Saytda smartfonning 64 Gb li modeli suratlari berilgandi. 

Biroq bu ma'lumotlar internetda tarqala boşlagandan keyin, u paydo bölgan sahifa öçirib taşlangan. Hozirda ma'lumot joylaştirilgan sahifa örniga “sahifa topilmadi” degan yozuv çiqmoqda.

Şuningdek, insayder Evan Blassning aytişiça, qurilmaga buyurtma berib, öz istagiga köra turli sovğalardan birini oliş mumkin. 

Blass avval sovğaga foydalanuvçilarga Galaxy Note 8’ni kompyuter bilan qöllaşga imkon beruvçi DeX dok-stansiyasi berilişini yozgan. Keyinroq u xaridorlar 256 Gb li microSD xotira kartasi+simsiz quvvatlaş qurilmasi yoki 360 gradusli kameradan birini tanlaşlari mumkinligini aytgan. 

Kompaniya qurilmani 23 avgustda taqdim qiladi, ertasiga esa u sotuvga çiqişi kerak.