Samsung Electronics va LG Electronics kompaniyalari Janubiy Koreyada özlarining Galaxy Note 8 va V30 ilğor telefonlarining savdosini boşladi. Ikki kompaniyaning ma'lum qilişiça, yangi modellar respublikada ham xorijda ham savdolar böyiça rekordlar örnatişi kutilmoqda.
Samsung hisob-kitoblariga köra, birgina buyurtmalar orqali şu paytga qadar 400 ming dona Galaxy Note 8 sotilgan. Bu avvalgi Galaxy Note 7 modeliga berilgan buyurtmalardan 20 ming donaga köp demakdir.
Yangi smartfon displeyi romsiz bölib, diagonali 6,3 dyuym. Bundan taşqari optik barqarorlaştiruvçi 2 ta kamera, telefon qalami – stilusiga ega.
LG V30 telefoniga buyurtmalar ham avvalgilariga qaraganda köproq bölgani ta'kidlanmoqda. Kompaniya şu yil boşida taqdim etilgan G6 smartfoniga qaraganda buyurtmalar köproq tuşayotganini qayd etganiga qaramay, aniq raqamlarni keltirmagan. V30 – LG kompaniyasining bir vaqtning özida ham OLED-displey va ikkita kamera bilan jihozlangan ilk telefoni hisoblanadi. Kamera obektivlaridan birining diafragmasi F/1,6 dan köp bölgan miqdorda oçiladi. Bu har qanday raqobatçi smartfonlar körsatkiçidan yaxşi hisoblanadi.
Işlab çiqaruvçiga köra, LG V30 mobil foto va video havaskarlor uçun eng munosib telefondir.
LG Electronics V30 telefoniga katta umid boğlamoqda. Kompaniyaning işonç bildirişiça, yangi ilğor telefon mobil bölinmadagi vaziyatni yaxşilaş imkonini beradi. Bu bölinma qatorasiga 9 çorak zarar körmoqda.












