YouTube'ning SuperSaf TV videoblogi muallifi iPhone 8 Plus va Galaxy Note 8'ni sifatli suratlar va roliklar oliş xususiyatlariga köra taqqosladi. Ikki kamera ham öziga xos  ustunliklarga ega bölib çiqdi.

Top smartfonlar tasvirni ikki karra optik kattalaştiriş va portret s'yomkaning qöşimça imkoniyatlariga ega ikki 12 megapikselli asosiy kameralar bilan ta'minlangan. Ta'kidlaş joizki, Samsung flagmani foydalanuvçilarga optika va ajoyib stabilizatsiyaga ega teleobektiv, şuningdek tayyor suratlarda orqa fonni xiralaştiriş imkonini taklif etadi. Qayta işlaş jarayonida suratlarni kontrast qayta işlaş rejimi taklif etiladi. iPhone 8 Plus esa studiya yoritgiçlari effektini beruvçi yangi s'yomka rejimi va tabiiy ranglarga maksimal yaqinlaştirilgan filtrlari bilan maqtana oladi.

Suratlar masalasida har bir foydalanuvçi qaysi kompaniya mahsuloti qulay ekani borasida mustaqil qaror qabul qilişi mumkin bölsa, video masalasida bunday deb bölmaydi. 

Videos'yomka rejimida iPhone flagmani yetakçilik qiladi: u FullHD (1920 x 1080 piksel)da soniyasiga 240 kadr çastotali sekinlaştirilgan video yozuvini qöllab-quvvatlaydi. Koreya smartfonida esa mazkur rejim faqat HD-formatda (1280 × 720 nuqta) işlaydi. Bundan taşqari, taklif qilingan videoga qaraganda, yangi olma smartfoni stabilizatsiyasi Samsung flagmanidan yaxşiroq.