Ispaniya içki işlar vazirligi Fransiya bilan çegarasida politsiya nazoratini kuçaytirişga qaror qildi. Bu haqda Europa Press axborot agentligi xabar qildi.    

Ta'kidlanişiça, Kataloniya huquq-tartibot idoralari 17 avgustda sodir etilgan teraktlarga aloqador bölgan bir neça gumonlanuvçini qidirmoqda. Avvalroq Ispaniya içki işlar vaziri Xuan Ignasio Soido teraktlarni taşkillaştirgan guruhni zararsizlantirilgan deb hisoblaş mumkinligini aytgandi.