Internetda xitoylik va hindistonlik askarlar örtasidagi ommaviy muştlaşuv videosi paydo böldi. Bir qator hind OAV ma'lumotlariga köra, muştlaşuv 5 kun avval Himolayda yuz bergan.     

Times of India naşri manbalariga köra, hind askarlari 15 avgust ertalab yuz bergan janjal vaqtida xitoylik askarlarning Hindiston hududiga kirişga urinişiga tösqinlik qilganlar. Xabarda aytilişça, muştlaşuv tomonlar mojarolarni tartibga soliş qoidasiga köra bayroqlarni kötarib, avvalgi pozitsiyalariga qaytganlaridan keyin yakun topgan.

Uşbu holat böyiça na hind va na Xitoy tomondan rasmiy izohlar berildi. Voqea Hindiston mustaqilligining 70 yilligi kunida xitoylik harbiylar Bangong köli sohili böylab Xindistonning Ladakx degan hududiga ötmoqçi bölganda yuz bergan.

130 km uzunlikka ega Bangong kölining yarmi Hindistonda, yarmi Xitoy Tibetida joylaşgan. Ikki tomon uşbu hudud xususida bahs olib boradi va ikki davlat hududini faqatgina nazorat çiziği ajratib turadi.