«Monako» hujumçisi Kilian Mbappe Fransiya çempionatining uçinçi turi doirasida «Metts»ga qarşi uçraşuv qaydnomasiga kiritilmagani sabablari ma'lum böldi.

18 yoşli futbolçi jamoadoşi Andrea Radji bilan janjallaşgani tufayli maşğulotlardan çetlatilgan. Mbappe maşğulotni tark etişni istamagan, şundan söng futbolçilar boşqa maydonga ketib, maşğulotni davom ettirişgan.

Fransiya çempionatining birinçi turida «Tuluza»ga qarşi öyinda Mbappe faqat 75 daqiqa öynagandi. Ikkinçi turda «Dijon»ga qarşi keçgan va 4:1 hisobidagi ğalaba bilan yakunlangan öyinda u zaxirada ötirdi.

Qayd etiş kerakki, uşbu yoş hujumçi yozböyi köplab klublar e'tiborida bölib kelmoqda. Bundan avvalroq Mbappe «PSJ»ga ötişga rozilik bildirgani, endi parijliklar klubi «Monako» bilan kelişişi qolgani haqida xabarlar tarqalgandi.

Eslatib ötamiz, bu yozda transferlar mojarolari köp sodir bölmoqda. «Borussiya» va «Liverpul» futbolçilari klublari «Barselona»dan kelgan takliflarni qaytarişgaç, jamoa uçun öynaşdan boş tortişgan. Şuningdek, «Sauthempton» himoyaçisi Virgil van Deyk «isyon» qilmoqda. Unga «Liverpul» va «Çelsi»dan jiddiy qiziqişlar mavjud, lekin «avliyolar» niderlandiyalik futbolçisini sotişni istamayapti.