MFaktor — muvaffaqiyat va mağlubiyat omillari. KUN.UZ’da yangi loyiha start oldi. Endilikda, tadbirkorlikni boşlayotgan yoşlarga ustoz maqomida bölgan va biznes qilişda katta tajribasi bor tadbirkorlar bilan foydali hamda qiziqarli suhbatlar ötkaziladi. Körsatuvning ilk mehmonlari taniqli tadbirkorlar Hikmat Abdurahmanov va Aziza Umarovalardir.

Hikmat Abdurahmanovning sözlariga köra, Aziza Umarova bilan 15 yildan buyon turmuş qurib, birgalikda köp yutuqlar, köp hayotiy darslardan ötgan. 

“2002-2003 yillarda Taşqi iqtisodiy aloqalar vazirligining qoşidagi davlat kompaniyasida işlardim. Jahon iqtisodiyoti va diplomatiyasi universitetini Azizaxon bilan birga bitirib çiqqanmiz. Davlat taşkilotida işlaganimdan söng, bu menga töğri kelmaydi, degan qarorni qabul qildim. Keyin çet elda öqib keldik. Buyuk Britaniyada ta'lim olganimizda köplab kompaniyalarga hujjatlarimni topşirdim. Qiziği şundaki, bironta kompaniyadan ijobiy javob kelmagan”, - deydi u.

Aziza Umarovaning aytişiça, oila Britaniyadan Xitoyga köçib ötgan. Bu holat ularga köp narsani tuşunişga yordam bergan. 

“Xitoyda közga taşlanuvçi eng birinçi narsa – mehnatsevarlikdir. Xitoyda kişilar xuddi çumolilardek işlaşardi. 2006 yilda Guançjouga köçib kelganmiz. Öşa yerda 24 soat davomida dökonlar, korxonalar, sanoat obektlari, kişilar işlaşini körib, katta imperiyalar aynan şunday qurilişini tuşunasan. Biz uçun bu katta tajriba böldi”, - dedi Umarova.

Hikmat Abdurahmanov suhbat davomida aviakassa sohasida muvaffaqiyatsizlikka yuz tutgan loyiha haqida ham gapirib berdi. Uning sözlariga köra, muvaffaqiyatsizlikning asosiy muammosi, aviakassalar har doim ham töğri işlamasligida.

“Bizning korporativ standartlarimiz şundayki, biz egri, qinğir-qiyşiq işlardan özimizni tiyamiz. Sababi, bir kiçkina yönalişda ozgina notöğri iş qilsangiz, boşqa kompaniyalarga bu imij jihatidan ziyon keltiradi. Bu narsani iş davomida köp kördik hamda korporativ qadriyatlar darajasiga mijozlarimiz bilan haqiqiy, sof işlaş, yolğon aralaştirmaslikni qonun darajasida qabul qildik”, - deydi u.

Uşbu taniqli tadbirkorlar bilan uyuştirilgan intervyuning töliq şaklini quyida tomoşa qilişingiz mumkin.