AQŞdagi ilk xaridorga Bugatti Chiron avtomobili yetkazib berildi. Ma'lumki, giperkardan atigi 500 dona işlab çiqarilsa, uning 30 foizi Qöşma Ştatlarga yetkazib beriladi. 

Bugatti Chiron narxi barça soliqlar va bojlar qöşib hisoblanganda Amerika bozoridagi xaridorga (eng arzoni namunasi) kamida 3 mln dollarga tuşadi. 

Amerika uçun ilk Chiron aralaş sariq-qora tusga böyaldi. Ha aytgança, Bugatti kompaniyasining ta'kidlaşiça, rejalaştirilayotgan 500 dona avtomobildan 250 tasi allaqaçon sotib bölingan. Eslatib ötamiz, seriyali Chiron 2016 yili Jyeneva avtosalonida namoyiş etilgan edi. Giperkar modernizatsiyalaşgan 8 silindrli W16 kvadturbo dvigatel bilan jihozlanadi. Uning quvvati 1 500 ot kuçiga teng. Motor 7 bosqiçli avtomatlaşgan uzatmalar qutisi bilan uzviylikda maşinani harakatlantiradi. 

Bugatti kompaniyasi joriy yilda 70 dona Chiron işlab çiqarişni rejalaştirgan. Agar şunday sur'at saqlab qolinsa, belgilangan reja 2024 yilda bajariladi. 

Ta'kidlaş joizki, amerikalik xaridor uçun yetkazilgan ilk Bugatti Chiron Pebbl-Biçdagi nafislik körgazmasida ham namoyiş etildi.