Afğoniston poytaxti Kobulning xorijiy elçixonalar joylaşgan tumanida portlaş sodir böldi. Bu haqda politsiyaga iqtibos keltirgan holda Reuters axborot agentligi xabar bermoqda.
Axborot agentligi ma'lumotlariga köra, portlaş raketa zarbasi oqibatida yuz bergan. Politsiyaning ma'lum qilişiça, raketalardan biri prezident saroyi va diplomatik idoralar yaqiniga tuşgan. Ta'kidlanişiça, portlaş oldidan signalizatsiya va sirenalar işga tuşgan.
Kobuldagi portlaş AQŞ prezidenti Donald Tramp amerikalik harbiylarning Afğonistonda bölişi rejasi haqidagi nutqi oldidan yuz berdi.
Fox News telekanalining xabar berişiça, Tramp Oq uyning Afğonistonga nisbatan yangi strategiyasi haqidagi hujjatni imzoladi. Ta'kidlanişiça, hujjatga köra, Afğonistonga qöşimça 4 ming harbiy yuboriladi.











