Lotin alifbosidan kimlar qörqadi? Albatta, kelajak avlodni emas, özini öylaydiganlar, öz umrini uzun ölçaydiganlar. Umri, qiyinçiliksiz turmuşi, osonroq bitadigan yumuşlari oldida xalq kelajagini aziz hisob qilmaydiganlar.
Kimlar bugun şu yozuvda xat-savodi çiqqan va avvali 30 yoşga kirgan, (ertaga yo indinga butun fan, ilm olamini hali kirill yozuvida öz ilmiy yo boşqa asarlarini e'lon qila turib, yarim dunyoning amaldagi yozuvi uçun ön töqqiztagina belgisini bilib ololmay, ortga qaytamiz deb hayqirib yotgan «keksa avlod»ning örnini egallaydigan) yoş avlodni, uning neça yillik umri, bilim-salohiyati va jahon sari şahdam borişdagi kunma-kun erişayotgan mislsiz yutuqlarini, butun bir mamlakatning kelajagini öylamay, öz-öziga qulay bölişini közlaydi?
Yaxşiki, lotin yozuvidagi köplab belgilar avvalgi biz yozaverib, moslaşib ketgan yozuv belgilaridan keskin farq qilmaydi.
Bugun ta'limning turli böğinlarida bilim olayotgan yoş avlod lotin yozuvidagi özbek alifbosi asosida savodi çiqib, endi buning natijasida dunyo minbaridan yangraydigan tillardagi ilmiy va badiiy adabiyotlar mutolaasida 30–40 yil oldingi odamlarimizdan köra ança ilgarilab ketdi.
Öqituvçilik sohasidagi 25 yillik faoliyatimda teng nisbatda har ikki yozuvda köp sonli öquvçilarning öqişi va yozişidagi qulaylik, noqulaylik, boşqa taraflarini soliştirib kuzatganman. 1996-2004 yildagi öquvçilarim orasida «yonğoq» sözini «yonğoq», «yaxşi» sözini «yaxşi» yozadigan öquvçilar uçrar edi. Ha, ular eşitgan tovuşlarini töğri yozadigan öquvçilar edi, deb hisoblayman. Qolganlar grafemalarni yodlagani uçun biz bilgandek yozişardi. Biroq kirill yozuvidagi ikki tovuşni ifodalaydigan bu harflar «grafemasevar»lar öylaganidek, qulay va juda töğri emasdi.
Masalan, «Ye» grafemasi «men», «teng» kabi sözlarda, ya'ni böğin örtasida kelsa, bitta «E» tovuşini ifodalaydi, «yelka», «yengil» «poyezd» kabi sözlarda esa «YE» tovuşlarini ifodalaydi. Bugun lotin yozuvidagi özbek alifbosidan kamçilik topadiganlar nega bu kabilarni körmaydilar, hayronmiz. Ha-da, yoşligingda örganib ketgan qulay, yana örganişni talab qilmaydigan, gazeta-jurnallar çiqyaptimi, kitoblar şu yozuvda naşr etilyaptimi, demak, bundan özgasini heç kim tan olmaydigandek tuyulayotgan, xuddi yozuv şakli saqlanib qolsa, yomonmi? Bundaylar tasavvurida 100 yillik vaqt, göyo butun bir tarix.
Kirill yozuvini yozişda töxtamlarning, ya'ni harflarning turli örinlaridagi belgilari kamligi, balki ayrimlar uçun ma'qul tuyular. Lekin nima uçun şunday şiddatli zamonda biz xuddi uyqusirayotgan odamdek sodda, oson tomonga intilamiz? Nega bir oz mehnat qilişdan, agar alifbo yodlaş va bu alifboda öz sözlaringni yozişni zahmat deb bölsa, zahmat çekişdan qörqamiz?






