Mamlakatimizda kiçik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyatini yanada qöllab-quvvatlaş, ularni huquq hamda manfaatlarini himoya qilişga ustuvor masala sifatida qaralmoqda. Ayniqsa, ularni oldida turgan tösiq va ğovlarini bartaraf etiş, muammolarning yeçimini topişda mahalliy hokimliklar tomonidan aniq çora-tadbirlar belgilanib, ijrosi ta'minlanmoqda. Buni birgina, Namangan viloyat hokimi Xayrullo Bozarovning haftaning har şanba kuni tadbirkorlik sub'yektlari bilan ötkazayotgan uçraşuvlari misolida köriş mumkin, deyiladi viloyat hokimligi saytida. 

Özbekiston Savdo-sanoat palatasining viloyat hududiy boşqarmasida taşkil etilgan uçraşuvga kiçik biznes va xususiy tadbirkorlar guruhi taklif etildi. Uçraşuv avvalida viloyat hokimi sönggi vaqtlarda yurtimizda sohaga qaratilayotgan e'tibor va ğamxörliklar, qabul qilingan qator huquqiy-me'yoriy hujjatlar, undagi imtiyozlarga töxtalib ötdi. Xususan, hokim tadbirlarkorning biror bir masalasi ijrosiz qolib ketmasligini ta'kidladi. Har bir tadbirkorlik sub'yekti rahbari bilan dolzarb masalalar böyiça suhbatlaşdi.

"Bizning “GOOD TEA TRADE SERVIS” ma'suliyati çeklangan jamiyatimiz 2011 yilda taşkil etilgan bölib, çoy mahsulotlarini qayta işlaş va qadoqlaşga ixtisoslaşgan, - deydi tadbirkor Sobitxon Nö'monov. - Oldimizda turgan eng katta muammolardir biri işlab çiqariş korxonasida işlab çiqariş uçun yer maydonining yöqligida edi. Aynan bugungi viloyat hokimi bilan bölib ötgan uçraşuvda muammoga öz örnida yeçim topildi. Biz bundan xursandmiz".

Umuman olganda, viloyat hokimi tomonidan şu kunning özida 10 nafar tadbirkor öz masalalari böyiça fikrlaşib, muammolariga aniq javob oldi. Viloyatda yangi loyihani taqdim etgan tadbirkor Nosirov Komiljon şulardan biridir.

"Bugungi kunda xonadonimizda noyob, parhezbop göşt hamda tuxum yetiştiriş maqsadida tuyaquş parvariş etib kelmoqdamiz, - deydi tadbirkor. - Albatta, bu quşlarni erkin parvarişi uçun yer maydoni talab etiladi. Oçiq, samimiy muloqot jarayonida viloyat hokimiga 5 gektar yer ajratilişi böyiça murojaat etgan edim, şu yerning özida tegişli mutasaddilarga körsatma berildi".

Xulosa örnida ta'kidlaş kerakki, Namangan viloyat hokimi tomonidan ötkazilayotgan bunday oçiq muloqotlar tadbirkorlik sub'yektlari oldida turgan muammolarni zudlik bilan bartaraf etilişida muhim omil bölib xizmat qilmoqda.