2017 yilda Rossiyadagi örmon yonğinlaridan körilgan iqtisodiy talofat taxminan 9,5 mlrd rublni taşkil etadi. Bu ötgan yil bilan taqqoslaganda 3 baravar kam demakdir. Bu haqda RF tabiiy zaxiralar va ekologiya vaziri örinbosari, Rossiya örmon xöjaligi rahbari Ivan Valentik "Rossiyskaya gazeta"ga bergan intervyusida söz yuritdi.
"Biz daraxtlar soni va yonğinni öçirişga sarflangan xarajatlarni hisoblaymiz. Şuningdek, bevosita zarar hisoblanmaydigan, balki fuqarolik qonunçiligi böyiça aniqlanadigan zararlarni ham şunga kiritamiz", — deya aniqlik kiritgan Valentik.
Rossiya örmon xöjaligi rahbarining fikriça, asosiy talofat pul miqdori bilan emas, aksinça ekologiyaga yetkazilgan zarar bilan ölçanadi. Uning xotirlatişiça, Rossiyadagi örmon yonğinlarining 4/5 qismiga inson omili sabab böladi. Bu yil esa öt balosidan köproq Sibir va Uzoq Şarq mintaqasi zarar körgan.












