Zamonaviy ma'lumotlar markazlari köp energiya talab qiladi, juda köp ma'lumotlarni saqlaydi, murakkab hisob-kitoblarni amalga oşiradi va albatta, tizimlarning barqaror işlaşini ta'minlaş uçun juda kuçli muzlatiş tizimini talab qiladi. Şu jihatdan olib qaraganda hisoblaş maşinalarining sovuq ölkalarda örnatilişi mantiqan töğri. Norvegiyada dunyodagi eng katta ma'lumotlar markazini qurişni rejalaştirayotgan Kolos kompaniyasi ham aynan şunga asoslandi. Hi-News şu haqida xabar berdi. 

Norvegiyaning sovuq iqlimi juda samarali energiya tizimini yaratişga imkon beradi, mahalliy qayta tiklanuvçi energiya manbalari esa energiya bilan ta'minlaş muammosini yeçişga yordam beradi. Kolos kompaniyasi vakillarining ma'lum qilişiça, ma'lumotlar markazining faoliyati uçun zarur energiyaning barçasi şamol va yaqin orada joylaşgan daryolardagi gidroelektrostansiyalar yordamida olinadi. Mutaxassislarning hisob-kitoblariga köra, inşootga bir oyda 1000 megavittga yaqin energiya kerak böladi, lekin mahalliy sovuq iqlim bu körsatkiçni 60 foizga kamaytiriş imkonini beradi. 

Kolos kompaniyasi dizaynerlari Norvegiyaning HDR firmasining arxitektorlari bilan hamkorlikda bölğusi inşoot loyihasini işlab çiqişdi. Yaqin vaqt içida bino, infratuzilmaning barça elementlari, yordamçi inşootlar loyihalari tasdiqlanadi va quriliş işlari boşlanadi.