Tojikiston va Xitoy 2020 yilga kelib tovar aylanmasi hajmini 3 mlrd dollarga yetkaziş niyatida. Bu haqda Tojikiston Savdo-sanoat palatasi raisi Şarif Said Duşanbeda bölib ötgan biznes-forum vaqtida ma'lum qildi.
Uning sözlariga köra, Tojikiston va XXR örtasida yaxşi qöşniçilik, döstlik va hamkorlik töğrisida kelişuv imzolanganidan söng, tovar aylanmasi bir neça martaga oşdi, mintaqalararo va sarmoyaviy hamkorlik kengaydi. Tojikiston Savdo-sanoat palatasi raisining aytişiça, mamlakatlar ŞHT doirasida faol hamkorlik qilmoqda.
Saidning sözlariga köra, Tojikiston hukumati bozor tuzilmalari, sarmoyaviy muhit, xususiy sektorning rivojini qöllab-quvvatlaş uçun ijobiy şaroitlar yaratgan. Mamlakat yirik investitsiya loyihalariga ega bölib, ular faqatgina taşqi kapitallarni jalb etiş orqali amalga oşirilişi mumkin.












