Yaxşi rahbarlar öz xodimlarining fikrini tinglaşadi, ulardan örganişadi va öz jamoalari uçun foydali bölişga harakat qilişadi. Ular işda amal qiluvçi yana bir neça qoida mavjud. "Layfxaker" haqiqiy yetakçilar amal qiluvçi olti qoida bilan taniştirdi.

1. Gapirişdan köra köproq tinglaşadi

Inson haddan taşqari köp gapirsa, bu uning öziga işonmasligidan dalolat berişi ham mumkin. Yaxşi rahbar öz xodimining fikrini bayon qilişiga imkon beradi, çunki u uçun xodimlarining fikrlari haqiqatda qiziq. Rahbar ularni öylaşga undaydigan va işning mohiyatini çuqurroq anglab yetişga yordam beradigan qiziq savollar beradi. Bu qanday tuzilgan? Sizga uning nimasi yoqdi? Bundan qanday saboq oldingiz? Bu işni yanada yaxşi bajarişingiz uçun nima kerak böladi?

Şu tariqa rahbar ularning har biri kompaniya faoliyatida muhim örin tutişini namoyiş qiladi. Bundan taşqari, u özi uçun yangi foydali ma'lumot oladi.

2. Öz işlari haqida boşqalarning fikriga quloq tutişadi

Haqiqiy yetakçi jamoaning öz rahbarlik usullari haqidagi fikrini bilmay turib, undagi işçi muhitni boşqara olmaydi. Rahbar uning boşqaruv uslubi xodimlarni qoniqtiryaptimi yoki yöq, jamoada qanday özgarişlar bölişini istaşlariga - doimo qiziqiş bildirişi kerak. Bu uning barqaror va samarali faoliyati uçun zarur ekanini yaxşi anglaydi.

3. Xodimlari bilan işonçli munosabat örnatişadi

Özingizdagi yetakçilik fazilatlarini rivojlantirişni xohlasangiz, özingizni şunday tutingki, odamlar sizga işonsin. Yaxşi rahbar uçun xodimlarining muhim masalalar böyiça unga murojaat qilişi juda muhim. Işonçli munosabatlar rahbarning oçiqligi, e'tiborliligi va adolatli ekanini bildiradi.

4. Öz kompaniyasi xodimlarining hayotini yaxşilaşga harakat qilişadi

Haqiqiy yetakçi faqat öz qiziqişlari bilangina çeklanib qolişi kerak emas. U öz xodimlari uçun qayğuradi va ularning ehtiyojlariga e'tiborli böladi. Şu tariqa u kuçli va jipslaşgan jamoani taşkil qiladi.

Rahbar işçilar köz öngida öz nufuzini oşiriş uçun öziga özi savol berişi kerak: xodimlarim işxonada özlarini qulay his qilişlari va öz işlarini sevişlari uçun bugun nima qilişim mumkin?

5. Öz xatolarini tan olişadi

Kibr, noinsoflik va boşqalar fikrini inkor etiş — rahbar xalos bölişi kerak bölgan sifatlar. Har bir inson şaxsiy nuqtai nazar huquqiga ega. Hattoki yirik taşkilot yetakçisi ham qayerdadir xato qilişi mumkin. Jamoa esa aynan ğoyalar, fikrlar almaşiş va bir-biriga yordamlaşiş uçun ham kerak.