Butunjahon boksçilik kengaşi (WBC) amerikalik Floyd Meyvezer va irlandiyalik Konor Makgregor örtasidagi boks jangi ğolibi uçun beriladigan kamarni tayyorladi.
Kamar Money Belt (pul kamari) deb atalgan. U timsoh terisidan tayyorlangan hamda 3360 ta brilliant, 600 ta moviy yoqut va 300 ta zumrad bilan bezalgan. Uning yaratilişida, şuningdek, 1,5 kg oltin işlatilgan.
Jangning özi esa 26 avgust Las-Vegasda birinçi örta vazn toifasida (69 kg gaça) bölib ötadi hamda titul jangi bölmaydi. Toşkent vaqti bilan jang 27 avgust soat 9da boşlanadi.













