Samarqand şahrida Özbekiston Respublikasi Birinçi Prezidentiga haykal örnatiş işlari oxirlab qoldi. Oçiliş marosimi bayramdan söng bölib ötadi, deb xabar bermoqda jurnalist Toşpölat Rahmatullayev.

Islom Karimovga haykal «Registon» maydonidan unça uzoq bölmagan yerdagi «Yölbarslar xiyoboni» sobiq xiyoboni hududida kuni keça örnatildi. Bu yerda avval Özbekiston madaniyati va san'ati tarixi Davlat muzeyining uç qavatli binosi bölgan.

Hozirda hududni obodonlaştiriş böyiça sönggi işlar olib borilmoqda. Köplab işçilar plitka yotqizişmoqda, gullar, ignabargli daraxtlar va kaştanlarni ötqazişmoqda.

Ta'kidlab ötiş joizki, haykalning balandligi 5,8 metr, haykal örnatiladigan maxsus supaniki esa 5,5 metrni taşkil etadi. Monument 2 sentabr - Birinçi Prezidentni xotirlaş Kunida oçiladi.