Olmoslar doim boylik va haşamat timsoli bölgan, ularning asosida esa yuzlab sarguzaşt film va kitoblar yaratilgan. Bu tasodif emas, albatta, axir pul aralaşgan joyda dahşatli jinoyatlar röy beradi va hukmronlik uçun kuraşlar ketadi. Nima uçun çiroyli bölsa-da, oddiy toşlar uçun bunday pullar tölanişi hammaga qiziq. Bu olmoslarning aslida qanday körinişini öz közingiz bilan körmaguningizça buni anglaş qiyin. Trendymen dunyodagi eng qimmatbaho 10 olmos haqidagi ma'lumotlari bilan bölişdi.

The Allnatt

Bahosi — 3 mln. dollar

Uşbu yorqin sariq rangdagi olmos özining birinçi sohibi, mayor Alfred Ernest Allnatt şarafiga nomlangan. Qimmatbaho toşning oğirligi - 101,29 karat. Uning aynan qayerdan topilganini heç kim aniq bilmaydi. Ba'zi ekspertlarning işontirib aytişiça, u De Beers konlaridan biridan topilgan.

The Moussaieff Red

Bahosi — 7 mln. dollar

Bu olmos röyxatdagi boşqa toşlarga qaraganda ança kiçik - atigi 5,11 karat. Şunday bölişiga qaramay, u noyob qizil rangga ega, aynan şu jihati uning şu qadar qimmat baholanişiga sabab bölgan.

«Abadiyat yuragi»

Bahosi — 16 mln. dollar

Janubiy Afrikadagi olmos koni - noyob kök rangga ega uşbu fantastik toşning vatani. Yurak şaklidagi 27,64 karatli olmos dunyoda tengsiz, şu bois uning narxi şunday qimmat.

Vittelsbax

Bahosi — 24,3 mln. dollar