
Meizu 23 avgust kuni yangi M6 Note smartfonini namoyiş etdi. Bu haqida Hi-News xabar berdi. Meizu kompaniyasining M liniyasidagi eng yangi smartfoni Snapdragon 625 çipsetiga ega. M6 Note — Meizu'ning Qualcomm'dan çipset olgan birinçi devaysi.
M6 Note 5,5-dyuymli Full HD displeyi bilan ta'minlangan. Yangi smartfon ekrani ostida barmoq izlari skaneri joylaştirilgan, u şuningdek Home tugmasi vazifasini ham bajaradi. Barmoq izlari skanerining bunday joylaşuvi foydalanuvçilarga qulay hisoblanadi.

M6 Note devaysining orqa tomonida ikki kameraga mavjud. U Sony IMX362 sensorlariga (12 megapikselli) asoslangan, diafragmasi esa - f/1.9. Smartfonning old panelida 5 megapikselli qöşimça kamerasi bor. Zamonaviy smartfonlar borgan sari ikki kamera bilan ta'minlanmoqda va bu foydalanuvçilarni ajablantirmay ham qöydi.
Meizu M6 Note qurilmasi Android 7.1.2 Nougat operatsion tizimi boşqaruvi ostida işlaydi. Devays 4000 mAs siğimli akkumulyatordan quvvat oladi.
Yangi smartfon uç xil versiyada taqdim etilmoqda, ular xotira hajmi jihatidan bir-biridan farq qiladi.
Birinçi versiya - 3 Gb operativ va 16 Gb içki xotiraga ega. Narxi - 1099 yuan, 164 AQŞ dollari.
Ikkinçi versiyaning operativ xotirasi hajmi birinçisi kabi, içkisi esa 32 Gb. Narxi - 1299 yuan, 194 AQŞ dollari.
Uçinçi versiyada operativ xotira 4 Gb'ga oşirilgan, içki xotira esa - 64 Gb. Narxi - 1699 yuan, 254 AQŞ dollari.
Smartfonlar foydalanuvçilarga uç xil rangda namoyiş etildi - tillarang, kök va qora.











