Gruziyaning Marneuli (mamlakat şarqida) şahrida axlatxonaga taşlangan tuxumlardan yuzlab jöjalar oçildi. Voqea aks etgan video mahalliy aholi tomonidan Facebook ijtimoiy tarmoğiga joylandi. 

Marneuli meri Timur Abazov bu hodisani noodatiy deb baholab, jöjalar axlatxonadan şahar markazigaça yetib borişgani va mahalliy aholining ba'zi vakillari ularni özlariga olişganini ma'lum qildi. 

"Menga ma'lum qilinişiça, parrandaçilik fabrikasida tuxumlar sifati buzilgan deb hisoblanib, axlatxonaga taşlangan. U yerda esa ulardan köp jöjalar oçilişi uçun qulay şart-şaroit bölgan. Mahalliy aholining ayrim vakillari ularni boqiş uçun olib qolişgan", - deydi mer öz bayonotida.