Soxta hisobotlar berishga yo‘l qo‘ygan senatorlarga nisbatan chora ko‘riladi
Oliy Majlis Senatining 11-yalpi majlisi ikkinchi ish kunida senatorlar O‘zbekistonning Turkiyadagi Favqulodda va muxtor elchisi lavozimiga tayinlash, Senat a'zolarining odobi qoidalariga qo‘shimchalar va o‘zgartish kiritish, Senatning Byudjyet va iqtisodiy islohotlar masalalari qo‘mitasi raisini saylash to‘g‘risidagi hamda Senat vakolatiga kiradigan boshqa masalalarni ko‘rib chiqdi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.
Senat a'zolarining odobi qoidalariga qo‘shimchalar va o‘zgartish kiritish Prezident Shavkat Mirziyoyevning joriy yil 12 iyul kuni Oliy Majlis palatalari, siyosiy partiyalar hamda O‘zbekiston Ekologik harakati vakillari ishtirokida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishidagi ma'ruzasida belgilangan ustuvor vazifalardan kelib chiqqan holda qabul qilindi.
Unga ko‘ra, endilikda joylarga chiqib, aholi bilan o‘tkazilgan muloqotlar jarayonida rasmiyatchilik va ko‘zbo‘yamachilik, soxta hisobotlar berish, o‘rganilayotgan masalaning tub ildiziga yetib bormaslik kabi kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan senatorlarga nisbatan tegishli ta'sir choralari belgilandi. Senatorlarning internetdagi rasmiy sahifalarida fuqarolar bilan muloqot qilish jarayonidagi odob-axloq qoidalari yanada aniqlashtirildi.
Senatorlar tasdig‘i bilan Alisher A'zamxo‘jayev O‘zbekistonning Turkiyadagi Favqulodda va muxtor elchisi etib tayinlandi. Muhammad Jumagaldiyev Senatning Byudjyet va iqtisodiy islohotlar masalalari qo‘mitasi raisligiga saylandi.
Tavsiya etamiz
Isroil–Eron urushining Markaziy Osiyo uchun geosiyosiy mezonlari qanday?
Jahon | 22:13 / 18.06.2025
Klublar o‘rtasidagi JChda ko‘pchilikka notanish bo‘lgan 11 iste’dod. Kimlar turnir kashfiyoti bo‘lishi mumkin?
Sport | 20:34 / 18.06.2025
Yana yuzlab odam aldangan: Alfa va Baraka avtolizing sudidan reportaj
Jamiyat | 11:25 / 18.06.2025
Isroil eronliklar tuzumga qarshi isyon ko‘tarishiga umid qilmoqda. Buning ehtimoli bormi?
Jahon | 20:00 / 17.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
«Rus askari faqat o‘lim va halokat keltiradi» - Ukraina TIV Putinning so‘zlari haqida
Jahon | 01:59
-
Yevropa Ittifoqi Rossiya nefti narxining yuqori chegarasini pasaytirishdan bosh tortdi – OAV
Jahon | 01:30
-
«Tolibon» Rossiyaga minglab mehnat migrantini yuborishga kelishib oldi
Jahon | 00:59
-
AQSh Iordaniyaga F-22 qiruvchi samolyotlarini yubordi
Jahon | 00:40
Mavzuga oid

18:37 / 17.11.2024
Hududlardan saylangan senatorlar e’lon qilindi

10:00 / 06.07.2024
Chet davlatda yashash uchun ruxsatnoma olgan deputat va senatorlarning vakolatlari tugatiladi

10:15 / 05.07.2024
O‘zboshimchalik bilan xorijga chiqqan Rossiya deputatlari va senatorlari mandatlaridan ayrilashadi

12:33 / 09.09.2020