Joriy yilning 25 avgust kuni Samarqand viloyati Iştixon tuman IIBda ötkazilayotgan “Tozalaş” tadbiri davomida profilaktika inspektorlari tomonidan 55 yoş yubileyini nişonlagan onaxonning töyona pullarini öğrilagan şaxs qölga olindi. Bu haqda KUN.UZ’ga IIV Huquqbuzarliklar profilaktikasi boş boşqarmasi xabar berdi.

2017 yil 25 avgust kuni Iştixon tuman IIBga Iştixon tumani Metan şaharçasi Samarqand köçasi 2-uyda yaşovçi A.S. ariza bilan murojaat qilib, öz arizasida 2017 yil 24 avgust kuni Iştixon tuman Metan şaharçasida joylaşgan “Bahor” nomli töyxonada özining 55 yoş yubileyini ötkazganligini, uşbu töyda mehmonlar tomonidan berilgan 1.575.000 söm töyona pullari noma'lum şaxslar tomonidan öğirlab ketilganini ma'lum qilgan.

Holat böyiça olib borilgan tezkor suriştiruv işlari natijasida uşbu öğrilikni Iştixon tumani Arabxona qişloğida yaşovçi 1973 yilda tuğilgan Q.D. sodir etganligi aniqlanib, uşlandi.

Mazkur holat yuzasidan fuqaro Q.D.ga nisbatan Iştixon tuman IIB tomonidan Özbekiston Respublikasi JKning 169-moddasi 4-qismi “b” bandi bilan jinoyat işi qözğatildi.