X.H. şu yilning 16 avgust kuni Navoiy viloyatidagi maktabgaça ta'lim muassasalaridan birida tarbiya olayotgan ikki yoşdan oşgan qizini olib keliş uçun borganida, farzandining çinqirib yiğlayotgani ustidan çiqadi: qizça yerda yotar, boğça opasi esa uni turğizişga urinardi. Ona, tabiiyki, jon vahmida söraydi: “Qizim nega yiğlayapti?”. Tarbiyaçi esa uzr söraş örniga onani haqorat qiladi. Dahanaki aytişuv yakunida u qizaloqning onasiga qölini paxsa qiladi: “qayerga borsang – bor, qölingdan kelganini qil”. 

Facebook’dagi “Xalq bilan muloqot” guruhida Ğaybulla ismli foydalanuvçining xabar berişiça, ona dastlab boğça mudirasiga şikoyat qiliş bilan çeklanadi. Biroq öşa keçasi qizaloqning isitmasi keskin kötarilib ketib, tuni bilan alahlab çiqadi. Şifokorlar unga aniq taşxis qöya olişmaydi: “katta ehtimol bilan qörqiş oqibatida biror xastalikka çalingan bölişi mumkin, sal kutaylik, belgilari aniq böladi”, deyişadi. 

Söng qizaloqning onasi boğça tarbiyaçisining noqonuniy xatti-harakatlari ustidan Xalq qabulxonasiga murojaat qiladi. Mazkur murojaat nazoratga olib örganilgaç, unda körsatilgan barça holat öz isbotini topdi. Şu bois murojaat bölgan kunning özidayoq aybdor tarbiyaçi egallab turgan vazifasidan ozod qilindi.

Albatta, aybdor qilmişiga yaraşa jazo oldi. Biroq qizaloq ham, ota-onasi ham hamon stress holatidan çiqib keta olmayapti.

Foto: Facebook/Xalq bilan muloqot 
Foto: Facebook/Xalq bilan muloqot 

Ilgariroq ijtimoiy tarmoqlarda Surxondaryo viloyatidagi ayrim maktabgaça ta'lim muassasalarida  katta yoşli “tarbiyaçi”ning bolalarni  qörqitiş bilan şuğullangani aks etgan videolar minglab yurtdoşlarimiz qalbini larzaga solgan edi. Bugun Özbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasi va Xalq qabulxonalarida şu mazmundagi murojaatlar zudlik bilan örganilib, murğak qalblarga qörquv uruğini soçayotgan kimsalarga qonun doirasida murosasizlik bilan qat'iy çoralar körilmoqda.

Yana bir jihat – yaqinda XPKning Xalq ta'limi vazirligi mutasaddilari bilan bölib ötgan navbatdagi sessiyasida xalq ta'limi vaziri Uluğbek Inoyatov yangi tartib va qonun-qoidaga köra endi bolalarni 3 yoşdan maktabgaça ta'lim muassasalariga qabul qiliş xalqaro tajribaga asoslanişini ta'kidladi: “3 yoşgaça bolalar köp kasal bölişadi, jamoat joylariga könikib ketişi qiyin keçadi. Bu yoşda bola ota-onasi yordamida uyida ta'lim tarbiya olsa yaxşiroq ijobiy natija beradi. Töğri tuşuning, 2 yoşli bola uçun boğçaga boriş juda erta. Bundan taşqari, bolalar boğçalarining vazifasi yoş gödaklarga qaraş emas, balki ularni tarbiyalaş, ta'lim beriş. Şuning uçun biz boşqa davlatlarning bu boradagi tajribasini örganib, bolalarni 3 yoşdan qabul qilişga qaror qildik. Ya'ni, boğçaga boradigan bola öziga-özi xizmat qila oladigan bölişi kerak. 2 yoşli bola mustaqil hojatxonaga borolmaydi, yuz-qölini yuva olmaydi, ovqatlana olmaydi”.