Keyingi kunlarda jamoatçilik tomonidan keng muhokama qilingan lotin-kirill mavzusida senatorlar tomonidan rasmiy izoh berildi. Oliy Majlis Senati a'zosi Iqboljon Mirzaliyev (Iqbol Mirzo) Taraqqiyot markazida, Senatning 24-25 avgust kunlari bölib ötgan yalpi majlisida qabul qilingan qonunlar muhokamasiga bağişlangan tadbir yakunida lotin yozuviga asoslangan özbek tili yozuvi böyiça bahslar yuzasidan munosabat bildirdi:
«Bir narsani aniq aytişim mumkin: heç qaçon kirill alifbosiga qaytilmaydi. Faqat bitta masala — lotin grafikasi tahrir qilinadi. Masalan, ba'zi harflarimiz ikkita harf bilan yoziladi. «Poşşo» deb yozadigan bölsangiz, söz çözilib ketadi.
Lotin yozuvining qulayliklari köp, dunyoga intilsak, ingliz tilini örganiş uçun ayni muddao. Lekin tahrirtalab. Masalan, «ş» harfi söz boşida kelsa, deylik, Şuhrat Rizayevning ismida boş harfning bittasi katta, bitta kiçik yoziladi. Endi Şuhrat akadan ruxsat olgan holda bitta belgi bilan belgilaymiz (kuladi).
Şuhrat aka taklifining bitta yaxşi tarafi şundaki, bu bahs, munozara uyğotdi. Lekin davlatning bu boradagi siyosati qat'iy, özgarmaydi», dedi senator.
Eslatib ötamiz, ötgan haftalar davomida adabiyotşunos Şuhrat Rizayevning kirill alifbosiga qaytiş böyiça bildirgan taklifi hamon muhokamalar markazida turibdi. Internetda lotin yoki kirill alifbosidan birini tanlaş böyiça bahslar davom etmoqda.








