Oliy Majlis Senatining 23-yalpi majlisida «Axborot-kutubxona tizimi xodimlari kunini belgilaş töğrisida»gi Qonun senatorlar tomonidan ma'qullandi.

Qonunda 21 may – Özbekiston Respublikasining axborot-kutubxona tizimi xodimlari kuni, deb belgilaş nazarda tutilgan. Senator Iqbol Mirzo nima sababdan uşbu sana tanlanganiga izoh berdi.

«1870 yilda 21 may Toşkent şahrida birinçi ommaviy kutubxona taşkil etilgan sana hisoblanadi. Uşbu qonun qabul qilinişi, birinçidan, axborot-kutubxona tizimi rivojlanişiga, jumladan, yoşlar örtasida kitobxonlikni keng tarğib qilişga, yuqori malakali kadrlar soni oşişiga sezilarli ta'sir körsatadi.

Ikkinçidan, kitobxonlarga axborot-kutubxona xizmati sifati, kutubxona jarayonlarini avtomatlaştirişga ilmiy-tadqiqot va metodik-uslubiy faoliyat samaradorligini ta'minlaydi.

Uçinçidan, axborot-kutubxona tizimi rivojiga hissa qöşgan xodimlarni rağbatlantirişni takomillaştiradi, ularning kasb nufuzini oşiradi. Respublikaning 12 mingdan ortiq kutubxonalar 150 milliondan ortiq kitob fondiga ega. Ularda 25 mingdan ortiq xodimlar foliyat olib boryapti va 4 milliondan ortiq kitobxonlarga xizmat körsatmoqda», deya uning sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

Iqbol Mirzoning ta'kidlaşiça, qator xorijiy mamlakatlarda ham kutubxona xodimlari kasb bayrami keng nişonlanadi. Özbekistonda ham uşbu kunning belgilanişi bu tizimga bölgan e'tiborning yana bir namunasi böladi.