1 noyabr kuni ötkazilgan Oliy Majlis Qonunçilik palatasining navbatdagi yalpi majlisida yoşlarni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalaş, şu jumladan, umumiy örta ta’lim maktablarida çaqiruvga qadar boşlanğiç tayyorgarlik fanini öqitişda amalga oşirilgan işlar töğrisida Oliy Majlis Qonunçilik palatasining parlament söroviga Xalq ta’lim vaziri Baxtiyor Saidovning javobi muhokama qilindi.
Quyi palataning Mudofaa va xavfsizlik masalalari qömitasi raisi Erkin Solihov parlament söroviga protsedura talablariga zid ravişda vazirning özi emas, balki uning örinbosari javob berganini tanqid qildi. Solihovga köra parlament söroviga qöyilgan savollarga XTV tomonidan töliq javob berilmagan. Faqatgina deputatlarning talabidan söng xalq ta’limi vaziri tomonidan qöşimça ma’lumotlar taqdim etilgan.
Yalpi majlisda Oliy Majlis Qonunçilik palatasining Fan, ta’lim, madaniyat va sport masalalari qömitasi a’zosi, muqaddam Mudofaa vazirligi huzuridagi Jamoatçilik kengaşiga rahbarlik qilgan deputat Iqbol Mirzo respublikadagi 3 foiz maktablardagina çaqiruvga qadar boşlanğiç tayyorgarlik fanida qurollardan foydalanib dars ötilişi, qolgan 97 foiz maktab öquvçilari bundan mosuvo ekanini ta’kidladi.
“Vatanning mudofaasi maktabdagi tarbiya bilan boğliq böladi. Maktablarimizda 5-6 yil oldingi şaroitlar juda yomon edi. Lekin hali ham juda keskin yaxşilangani yöq. Ayniqsa mutaxassis öqituvçilar yetişmasdi. Öqituvçilarga oylik masalasida muammolar bor edi. Harbiy xizmatdan böşagan yuqori toifali ofitserlarni dars jarayoniga jalb qiliş juda ham töğri yeçim böldi. Çunki harbiy tajribasi bor odamlarning bevosita öquvçilar bilan muloqotlari, darslari boşqaçaroq ta’sir körsatadi.
Bor-yöği uç foiz maktablarimizda [öquv-maşğulotlarida foydalaniladigan] qurollar bor. Mana şu şaroitda qöliga qurol uşlab körmagan bolada qanday qilib bu tuyğu paydo böladi. Biz öqigan paytlarda hamma maktablarda kamida öntadan AKM avtomatlari bölardi va buni qölimizda uşlab, zavqini tuyganmiz.
Töğri, keyingi paytlarda ba’zi bir mulohazalar bilan bu qurollar yiğiştirib olindi. Lekin mana şu masalada hali qiladigan işlarimiz köp. Hatto ba’zi bir maktablarimizda haligaça harbiy saf maydonlari ham yöq. Qisqa qilib aytadigan bölsam, bu masalaga jiddiy qarab, nazoratini yölga qöyiş kerak. Temur bobomizning: “Agar tinçlikni istasang, uruşga tayyor tur” degan maşhur gaplari bor. Sobiq şöro hududida bölayotgan voqealar, qisman mobilizatsiya e’lon qilingaç vatanini taşlab ketayotgan yuz minglab odamlar, yigitlar bugungi masalaning jiddiy ekanini körsatyapti”,








