Bugun, 30 sentabr kuni Özbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senatining Reglament va odob komissiyasi yiğilişida Farğona viloyati hokimi, senator Şuhrat Ğaniyevning masalasi körib çiqildi.

Unda söz olgan komissiya raisi, senator Iqbol Mirzo bunday holat boşqa hududlarda ham kuzatilişiga e'tibor qaratdi.

«Islohotlarimizdan boş maqsad xalqimiz farovonligi, qadr-qimmatini yuksak tutiş. Berilayotgan amnistiyalar, Suriyaga ketgan yurtdoşlarimizni qaytarib olib keliş kabi harakatlarning tag-zamirida insonga bölgan hurmat yotadi. Bugungi majlisimiz ham şu islohotlar natijasi. Çunki men şu komissiya raisi bölsam, birinçi marta bunaqa keng qamrovda majlis qilyapmiz. Hududlardan şikoyat bölardi, tezda joyiga çiqib örganib hal qilardik.

Bugungi yiğinimizni ogohlik bongi, deb ataşimiz mumkin. Çunki biz faqat Şuhrat Madaminoviç töğrisida emas, joylarda yiğilişlarda, selektorlarda haqoratli, dağdağali gaplar töğrisida köp eşitamiz. Şu ma'noda bu urçigan, ildiz otgan illat deb qaraşimiz lozim. Albatta, inson gapirayotgan paytida qizişib özining asosiy gapidan, maqsadida çalğib ketişi mumkin. Lekin baribir birinçidan hokim, ikkinçidan xalq vakili-kengaş raisi, uçinçidan senator bölgan odam bu gaplar Senat nomidan gapirilyapti deb talqin qilinişi, xalq vakili şu xalqni haqorat qilyapti, deb baholanişi mumkin, degan fikrni heç qaçon nazardan qoçirmasligi kerak. Komissiyaning barça a'zolari Şuhrat Madaminoviçning bu harakatlarini qattiq qoralaşyapti, jiddiy çora körilsaki, bu boşqalarga ham ibrat bölsa...», deya uning sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

Eslatib ötamiz, komissiya yiğilişida Şuhrat Ğaniyev ijtimoiy tarmoqlarda öziga bildirilayotgan tanqidlar töğriligini e'tirof etib, özining aybini tan olgan.

«Ijtimoiy tarmoqlarda bölayotgan muhokamalar töğri. Aybimni tan olaman. Har qanday jazoga loyiqman. Özimni oqlaş uçun biror söz topa olmayman. Mening avlodim, ota-onam milliy liboslar kiyadi. Özim ham uyimda milliy libos kiyaman. Men aybdorman. Xalqdan va Prezidentdan keçirim sörayman. Imkon berilsa, çin dildan mehnat qilişga tayyorman», degan viloyat hokimi.