Bugun, 20 sentabr kuni, Oliy Majlis Senatida “Töylar, oilaviy tantanalar, ma'raka va marosimlar ötkazilişini tartibga soliş tizimini yanada takomillaştiriş töğrisida”gi qöşma qaror ijrosi ta'minlaş böyiça tuzilgan komissiyaning birinçi yiğilişi bölib ötdi.
Unda Adliya vaziri örinbosari Xudoyor Meliyev qaror talablarini buzganlik uçun belgilanadigan javobgarlik xususida gapirdi.

«Javobgarlik masalasi, jarima miqdori qança bölişi haqida aniq töxtamga kelingani yöq. Kodeksga özgartiriş kiritiş va yana boşqa taşkiliy işlar bor.
Birinçi navbatda, qarorning mazmun-mohiyatini joylarga yetkaziş kerak. Adliya vazirligining eng quyi bölimlarigaça bu qaror jönatilgan. Javobgarlik, albatta, belgilanadi va bu 2020 yilning 1 yanvaridan kuçga kiradi. Balki, jarima belgilanar, balki boşqa turdagi javobgarlikka tortilar», – degan Meliyevning sözlarini keltirdi Kun.uz muxbiri.

Komissiya raisi Iqbol Mirzo ham javobgarlik masalasida öz munosabatini bildirdi. Uning aytişiça, joylarda bu mavzu yuzasidan savol berilganda qonunçilikdagi eng yuqori jarima miqdori közda tutilayotganligini aytiş lozim.
«Dabdabali töy qilayotganlarga ma'muriy yoki jinoiy javobgarlik qöllaş unçalik foyda bermasligi mumkin. Ularni OAV orqali körsatib, butun xalq oldida şarmanda qiliş kerak», dedi Iqbol Mirzo.
















