Özbekiston çegara qöşinlari harbiy xizmatçilari Tojikistondan narkotik moddalar partiyasini temir yöl transport yordamida kontrabanda yöli bilan olib kiriş harakatiga çek qöyişdi.
"22 avgust kuni “Boldir” çegara stansiyasida çegaraçilar Davlat bojxona qömitasining Surxondaryo viloyati böyiça Boşqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda 319-raqamli “Duşanbe-Moskva” poyezdini közdan keçiriş çoğida, taşqi belgilari geroinga öxşaş bölgan kukunli 3 ta polietilen paketni aniqlaşdi. Paketlar vagonlardan biri ğildirak juftligining topiş qiyin bölgan joyiga yaşirib qöyilgan", - dedi Milliy xavfsizlik xizmati Davlat çegaralarini qöriqlaş Qömitasi vakili.
Tahlillarning körsatişiça, polietilen paketlardagi modda geroin bölib, uning umumiy oğirligi 188,95 grammga teng. Uşbu holat böyiça jinoiy iş qözğatildi.











