Texas ştatining Hyuston şahri politsiyasi «Harvi» dovuli oqibatida yana bir kişi halok bölgani haqida ma'lum qildi. Bu haqda Reuters agentligi xabar tarqatdi.

Politsiya ma'lumotiga köra, avtomobili bilan suv tölgan köçada harakatlangan ayol halok bölgan. Şaharda yana önlab kişilar turli darajada jarohatlar olgan.

Şu tariqa, rasmiy ma'lumotlarga köra, AQŞda dovul oqibatida halok bölganlar soni 3 nafarni taşkil qilmoqda.

Qayd etilişiça, «Harvi» dovuli ştatda keyingi 50 yillikda kuzatilayotgan eng yirik tabiiy ofat bölmoqda. Ayni vaqtga kelib ştatda 200 mingdan ortiq kişi elektr toki ta'minotisiz qolmoqda.

Bundan avvalroq, dovul boşlanganidan buyon Texasda 30 kişi bedarak ketgani haqida xabarlar berilgandi.