Guvohlarning hikoya qilişiça, qurollangan şaxs ötkinçilarga qarata tartibsiz öt oçgan. Savdo markazidan yuzlab kişilar evakuatsiya qilingan.

Politsiyadan ma’lum qilişlariça, jinoyatçi otib öldirilgan. U yolğiz harakatlangan deb hisoblanmoqda.

Xabarlarga köra, qurbonlar orasida bolalar ham bor. Kamida yetti kişi şifoxonaga yotqizilgan, ularning kamida uç nafari oğir ahvolda.

Allen öt öçiriş xizmati boşliği Jonatan Boydning aytişiça, yetti kişi, jumladan, öt oçgan şaxs voqea joyida halok bölgan, keyinroq yana ikki kişi şifoxonada jon bergan. Tibbiyot xodimlari ma’lumotiga köra, qurbonlar yoşi 5 dan 51 yoşgaça bölgan.

Allen politsiyasi boşliği Brayan Harvining xabar berişiça, savdo markazidagi politsiyaçilardan biri otişma ovozlarini eşitgaç, nima bölayotganini biliş uçun yetib borgan va otişma boşlab, gumonlanuvçini otib taşlagan.

Texas gubernatori Greg Ebbott otişmani «söz bilan ifodalab bölmaydigan fojia» deb atagan va mahalliy hukumatga zarur yordamni körsatişga tayyorligini ma’lum qilgan.

AQŞ politsiyasi voqea joyida olingan videoyozuvlarning mualliflariga murojaat qilib, xodimlari dalillarni yiğişga kirişgan Federal qidiruv byurosiga murojaat qilişni söragan.

Ayrim guvohlarning sözlariga köra, mergan qora rangli jangovar kiyimda bölgan. Paydo bölgan kadrlarda uning jasadi yonida AR-15 rusumli avtomat vintovkani köriş mumkin.

Politsiya Allen Premium Outlets savdo markazini örab olgan. Foto: Reuters

«Men 10 ga yaqin kuçli tovuşni eşitdim, keyin yana 10-15 marta öq uzildi - biz töliq qora kiyingan, zirhli nimça taqqan yigitni kördik, u odamlarni şunçaki öqqa tutardi», deydi guvohlardan biri.

Voqea joyida olingan videoda odamlar öqlar ovozi ostida avtoturargoh ortidagi boşpanaga qarab çopayotgani aks etgan.

Dallas markazidan 32 km şimolda joylaşgan Allen şahrida 105 ming kişi istiqomat qiladi.

Texasda 21 yoşga tölgan va undan kattalarning aksar qismi, agar muqaddam sudlanmagan bölsa, litsenziyasiz ham özi bilan töpponça olib yurişiga ruxsat berilgan, vintovka va soçma öq otuvçi ov miltiğiga egalik qiliş uçun ham çeklovlar köp emas.