
KUN.UZ ijodiy jamoasi tahririyat elektron poçtasiga yöllangan murojaatlar yuzasidan Farğona vodiysida böldi. Jumladan, Andijon viloyatining Andijon şahriga qilingan taşrif davomida qölga kiritilgan yutuqlar va şu bilan birga mavjud muammolar ham atrofliça örganildi. Yakunda Andijon şahri hokimi Dilmurod Rahmatullayev bilan mazkur masalalar yuzasidan suhbat uyuştirildi. Suhbat davomida hokim qator dolzarb masalalar böyiça öz fikrlari bilan örtoqlaşdi.
Andijon şahri aholisini hokimiyatga bölgan işonçi
Prezidentimiz har safar bir gapni qayta-qayta ta'kidlaydilar: “Xalqning içida böling, xalqning dardi bilan yaşang”. Şuni alohida ta'kidlaş kerakki, hozir oldingi iş uslubiyati bilan işlab bölmaydigan payt. Birinçi navbatda, taşabbus, ijodkorlik bilan işlanişi kerak. Bu gaplar balandparvoz gaplar emas, ammo aytiş mumkinki, bugun xalqning dard-alami va quvonç-taşvişi bilan yaşaydigan vaqtdir. Ilgari hokimiyat va xalq orasida qaysidir ma'noda parda bor edi. Köp narsalar viloyatning birinçi rahbariga boğliq. Agar birinçi rahbar xalqning muammosini öz vaqtida yeçib bersa, ana şundagina uning odamlar orasida obröi va işonçi böladi. Oddiy misol tariqasida keltiradigan bölsak, Andijon viloyati hokimi Şuhrat Abdurahmonov Andijon viloyatining har bir mahallasi, har bir göşasida bölib, odamlar dardini tinglab, ularning muammolariga ijobiy yeçim topib berganlar.

Töğri, yeçilişi kerak bölgan masalalarimiz juda köp. Aytiş mumkinki, 25 yil davomida töplanib qolgan bu muammolarni hal etiş uçun vaqt, mablağ va boşqa e'tiborlar talab etiladi.
Ta'lim sifati va öqituvçilarning obodonçilikka jalb etilayotgani haqida
Albatta, bu ayni damdagi eng dolzarb masalalardan biri. Men Andijon şahri hokimi sifatida şuni alohida ta'kidlab ötişni istar edimki, yangi öquv yilidan boşlab yuqorida keltirib ötilgan salbiy holatlar takrorlanmaydi. Çunki bu holat öqituvçilarning öquvçilarga ta'lim berişlariga salbiy ta'sir körsatadi. Ammo har bir xalq ta'limi xodimiga öz hududini obodonlaştirişi böyiça körsatma beramiz, ammo öquv jarayoni vaqtida emas. Oliy ta'lim va örta maxsus ta'lim tizimida tahsil olayotgan Andijon şahridagi talabalarni ommaviy haşarlarga işlatiş holati uçrayotgani haqida ma'lumotlar olindi. Men bu yolğon ma'lumotlar qayerdan kelayotganini bilmayman, ammo şu paytgaça Andijon şahrida heç qaysi talaba majburiy tarzda ommaviy haşarlarda iştirok etmagan. Şu örinda ta'kidlaşni istardimki, öqituvçilar faqat ta'lim bilan şuğullanişadi, boşqa işlarga mutlaqo jalb etilmaydi.











