Taniqli siyosat va madaniyat arbobi, Özbekiston Respublikasi Birinçi Prezidentining ikkinçi qizi Lola Karimova-Tillayeva Özbekistonning YuNESKOdagi vakili sifatida faoliyatini yakunlaşini ma'lum qildi. U bu haqda duşanba kuni bayonot bergan.

39 yoşli Lola Islamovna bundan buyon mamlakat siyosiy arbobi Islom Karimov nomi bilan ataluvçi fondni boşqarişini bildirgan.

«Amalga oşirilayotgan bir neça loyihalar yakunlanganidan söng, yaqin kelajakda men elçilik (YuNESKO nazarda tutilmoqda - tahr.) vazifasidan ketişni rejalaştirmoqdaman», deya uning sözlarini keltiradi Reuters.

Lola Karimova-Tillayeva bundan keyin şaxsiy maqsad va loyihalarga, jumladan, Islom Karimov nomidagi fond işlarini boşqarişga, yangi ijodiy va xayriya loyihalarni ötkaziş bilan şuğullanişga köproq e'tibor qaratmoqçi ekanini qöşimça qilgan.

Lola Karimova lavozimidan böşagaç, Özbekistonga qaytişi ehtimoli haqidagi savolni oçiq qoldirgan. U maşhur tadbirkor Timur Tillayevga turmuşga çiqqan Lola Karimova-Tillayeva Fransiya poytaxti Parijda ştab-kvartirasi joylaşgan YuNESKOda faoliyat olib borgan.

Bundan avval Lola opasi Gulnora Karimova bilan yaqin munosabatda emasligini aytib ötgandi.