Fuqarolar Ş.Mamatsoyeva va A.Umarovlar nafsi yölidan borib, nondek aziz ne'matdan qinğir maqsad yölida foydalanişga urinişdi, deb xabar bermoqda “Toşkent-Aero” IBK axborot xizmati

Islom Karimov nomidagi Toşkent xalqaro aeroportida Istanbulga parvozi oldidan uşbu şaxslarning bezovtalanişi bojxonaçilarda şubha uyğotdi. Bojxona körigidan ötkaziş davomida ularga tegişli bagajlarning nazorat-rentgen apparati ekranidagi şubhali tasvirlari sababli yuklar xolislar iştirokida oçib körildi.

Natijada, uşbu şaxslar bojxona xodimlarining közini şamğalat qilişga urinib, 2 turdagi tamaki mahsulotlarini nonlar orasiga bekitişgani foş böldi. Şuningdek, uddaburonlar sigaretlarni karton qutilardagi peçenelar orasiga hamda poyafzallar içiga ham yaşirişgan ekan.

Şu tarika, bojxona xodimlarining oğzaki sörovi paytida ma'lum qilmasdan turib hamda yölovçi bojxona deklaratsiyasida qayd etmasdan Ş.Mamatsayeva 560 quti, A.Umarov esa 500 quti tamaki mahsulotlarini yaşirinça olib çiqişga urinişgan paytda töxtatib qolindi.

Foto: Davlat bojxona qömitasi

Bundan taşqari, “Toşkent-Istanbul” reysi böyiça parvozi oldidan fuqarolar I.Qöldoşeva va X.Manonovalar ham tamaki mahsulotlarini bojxona nazoratidan çetlab, olib çiqmoqçi bölişganda töxtatib qolindi.

Bojxona xodimlarini çalğitişga uringan I.Qöldoşeva 700 quti, X.Manonova esa 880 quti tamaki mahsulotlarini quruq çoy qadoqlari içiga bekitişgan ekan.

Hozirda uşbu holatlar yuzasidan bojxona tekşiruvlari va suriştiruv jarayonlari davom ettirilmoqda.

“Toşkent-Aero” ixtisoslaştirilgan bojxona kompleksi xodimlari tomonidan huquqni muhofaza qiluvçi boşqa idoralar vakillari bilan hamkorlikda joriy yilning ötgan davri mobaynida aniqlangan 100 ga yaqin bojxona qoidabuzarliklari natijasida qiymati salkam 200 mln. sömlik 39,8 ming quti tamaki mahsulotlarining noqonuniy olib ötilişiga çek qöyildi.

Foto: Davlat bojxona qömitasi