Kim biladi, terma jamoamiz va murabbiyni eng köp tanqid qilganlardan biri mendirman. Lekin ming aççiq gapirmay, alamda yonmay, yaxşi natijalarga umid qilganimdan gapirganman, yozganman. 

Hozir ham tizzam titramoqda, axir qarşimizda mundial eşigi körinib turibdi.

Men termamizni va Babayanni qöllayman!

Çunki mening boşqa termam va boşqa boş murabbiyim yöq! Vatanimdagi qora közlar yaxşimi yomonmi aynan şularga köz tikmoqda. Şunday ekan, avval nima degan bölsak uzr, hammasini unuting.

Endi faqat olğa intiling yigitlar! Kim sizlarni tanqid qilgan bölsa, xijolat qilib qöying. Hammamiz tilimizni tişlab qolaylik. Ikki öyinda ikki ğalabani qölga kiriting, Rossiyaga yöl olsangiz öşa yölning har ikki tomoni böylab butun masofaga yetgulik muxlislaringiz bor. Buyoqdan boradiganlar kam bölsa, Rossiyadagi vatandoşlarimizning özi har qanday Braziliyayu, Germaniyalik muxlislarni esankiratib qöyişga qodirlar. 

Hamma sizga boğliq, azizlarim! 

Heç qaysi kasb egasi siz kabi butun millatni xursand qilişga qodir emas! Ğalaba qiling va özbekni orzusiga yetkazing, armonini uşating. Futbol şunisi bilan qudratli. Siz ana şu qudratdan kuç oling va raqiblar bilan şerdek kuraşing.

Esingizdami, bir yil muqaddam yutuqqa erişgandingiz va kiritilgan ğalaba golini kökka qöl çözgança birinçi prezidentimizga bağişlagandingiz. Birinçi prezidentimizga sizlarni mundialda köriş nasib qilmadi. Ertayu keç tinmayotgan yurtboşimiz ham jahon çempionati ahamiyatini yaxşi tuşunişiga şubha yöq. Şunday ekan sizlarning ğalabangiz butun xalqimizni jipslaştiradi, kötarinki ruh bağişlaydi, qöşaloq bayramlarga munosib tuhfa böladi.

Biz sizlarga işonamiz, ğalabangizni kutib qolamiz!

Abror Zohidov.